Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: Muhlislar Ronalduni qo'llab-quvvatlashlari kerak


La Liga 20-turda «Real Sosedad» ustidan qozonilgan (3:0) g'alabadan so'ng Zinedin Zidan press-konferensiyada ishtirok etdi.

"Bu g'alaba bizga juda kerak edi. Bir necha qiyin uchrashuvlardan so'ng o'zimizga kelib oldik. Bunga erishish oddiy bo'lmadi, kuchli raqiblar bilan o'yinlar o'tkazdik. Biz o'zimizga kerakini qildik 3 ochko ishladik va darvozamizdan to'p o'tkazmadik. Bu kecha ajoyib bo'ldi, yaqin taqibchilarimizdan biri yutqazdi biri durrang qayd etdi.

Rejada birinchi daqiqalardan bosim qilishimiz kerak edi, ammo bundan men qoniqmadim, boshim uyishtirilmadi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limi ajoyib bo'ldi. To'pni ushlab turish - barcha futbolchilar o'zini qo'lidan keladigan ishni qilishdi. Kovachichni gol urganidan hursandman, buni ustida ishlaymiz. Bu bizga kuch beradi"


Yordam haqida

"Muhlislarni qo'llab-quvvatlaganlari uchun rahmat aytaman. Ba'zan tribunadagi hushtaklar bizni hafa qiladi. Lekin kecha muhlislar o'yinning 1-daqiqasidan oxirgi daqiqalargacha biz bilan bo'lishdi. Futbolchilarga aynan shu kerak"

Mudofa haqida

"Raqibga ko'p imkoniyat berilmadi va himoyada intizomli harakat qilishdi. Birinchi bo'limda oddiy o'ynadik, keyinchalik esa o'z o'yinimizni ko'rsatdik"

Chempionlik uchun kurashdagi natijalar

"Bu bizga qo'shimcha motivatsiya bermoqda. Agar davogarlarning biri ochko yoqotsa bu sizga qo'shimcha kuch beradi. O'zimiz haqimizda nima deymiz. Eng asosiysi - biz o'zimiz haqimizda o'ylashimiz kerak.

Biz o'zimizni foydamizni yaxshiladik. Raqibimiz muvofaqqiyatsizlikka uchradi va biz to'rt ochko oldinga o'tdik. Oldinda qiyin vaqtlar bor, lekin biz hozir g'alaba zavqini tuyishimiz kerak"


Ronalduga qarshi hushtaklar haqida

Tushunmayman nega unga nisbatan hushtak chalishmoqda. U qo'lidan keladiganini qiladi maydonda, muhlislar unga hushtak o'rniga rahmat aytib qo'llab-quvvatlashlari kerak"

Jarohatlar haqida

"Umid qilamiz Modrich keyingi hafta safga qaytadi, bu haqida boshqa narsa deya olmayman. Xames ham huddi shunday. Beyl yaqin orada safga qaytadi, u mashg'ulot zali va maydonda sekin ishlashni boshladi, bu juda yaxshi. Qadamma qadam harakat qilinmoqda"

Mateo Kovachich haqida

"U - yosh va kerakli futbolchi. Qachonki u maydonga tushganida o'zini yaxshi ko'rsatmoqda. Kecha gol urdi va meni hursand qildi. U kelajakda yanada ko'proq narsalarga qodir. Bunday qobiliyat bilan futbolchi ixtiyorida bo'lishi muhim ahamiyatga ega"

www.hala-madrid.ru
Merengues.ru


Muallif: Abdurasul |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.