Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronaldu Evropada eng yaxshi


Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropada JCH-2018 saralashida golli hujumlarda hammadan ko'p ishtirok etdi.

"InStat"ning malumotiga ko'ra, Ronaldu terma jamoasining 32ta golidan 24tasida ishtirok etdi. 32 yoshli forvard 15ta gol urdi, 3ta golli pas berdi va 6ta golli pasdan oldingi pasni berdi.

Yevropada saralash to'purari bo'lgan Robert Levandovski bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi bo'ldi. Hujumchi Polsha tarkibi 19ta golli hujumda ishtirok etdi.

Bundan tashqari, Ronaldu saralashning Yevropadagi bellashuvlarida darvoza tomon zarba berish borasida ham etakchi (66ta zarba). U 90 daqiqa davomida o'rtacha 7.4tadan zarba bergan.

Ronaldu joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 90 daqiqa davomida o'rtacha 6tadan zarba bermoqda, bu borada u faqat "Barselona" hujumchisi Lionel Messidan ortda qolmoqda (6.9ta zarba).

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: JCH-2018, Portugaliya, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (2)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.