Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronaldu: Xuddi birinchi marta yutgandek o'zimni his qilyapman


Madridning “Real” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatida to'rtinchi marta “Oltin to'p” mukofotini qo'lga kiritdi.
Navbatdagi muvaffaqiyatidan keyin futbolchi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“To'rtinchi marta “Oltin to'p” mukofotini qo'lga kiritish men uchun sharaf. Xuddi birinchi marta yutgandek o'zimni his qilyapman. Orzuim yana amalga oshdi. Futsatdan foydalanib “Real” va Portugaliya termasidagi sheriklarimga minnatdorlik bildiraman.

Men uchun shaxsiy va jamoaviy yutuqlar muhim. Har doimgidek bor kuchimni namoyish qilishga harakat qilaman. Ushbu mukofotni yutib olish oson emas va uni qo'lga kiritganimdan xursandman. Avvallari “Oltin to'p”ni 4 marta yutib olaman deb sira o'ylamagan edim”,
– dedi Ronaldu.


Muallif: Abdurasul |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.