Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Franchesko Totti: "Ronaldu, Messi va Neymar - o'zga sayyoraliklar. Krishtianu qolganlarni ortda qoldirdi"


"Roma" sobiq sardori va afsonasi Franchesko Totti 2017 yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi kim ekanligini aytdi.

"Birinchidan, biz 3 nafar o'zga sayyoraliklar haqida gapirayapmiz. Bular - Ronaldu, Messi va Neymar.

SHuni aytishim kerak-ki, ularning barchasi bilan maydonda ham, undan tashqarida ham bir-birimizni hurmat qilamiz. Lekin, Krishtianu qolganlarni ortda qoldirdi. Ronaldu hayratlanarli mavsumni o'tkazdi va etakchi jamoalarga gol urdi.

Murabbiylar borasida nima deyishim mumkin? Bizning, yani italyan maktabi vakillari top darajadalar. Lekin, Konte va Allegrining ajoyib ishiga qaramay, bu borada etakchi - Zidan. U ham huddi Ronaldu kabi hammani yutdi.

O'ylashimcha, eng yaxshi darvozabon bo'lish uchun Buffonda juda yaxshi imkoniyat bor. U individual jihatdan eng zo'ri bo'ldi, uning jamoasi Keylor Navasning klubi singari ECHL finaliga chiqdi. Kurash shu ikkisi o'rtasida kechadi",
- dedi Totti FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Franchesko Totti: "Ronaldu, Messi va Neymar - o'zga sayyoraliklar. Krishtianu qolganlarni ortda qoldirdi"

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Leo Messi, Krishtianu Ronaldu, Franchesko Totti, Neymar JR
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.