Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

FIFA bilmasdan


«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olinadi.


Bu haqda Marca nashri ta’kidlamoqda.


Ma’lumki, undan tashqari bu sovringa Lionel Messi («Barselona») va Neymar («PSJ») ham da’vogarlik qilmoqda.



FIFA sovrinlarini topshirish marosimi bu yil 23 oktyabr kuni Londonda o‘tkaziladi. Unda bir necha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi: erkaklar orasida eng yaxshi futbolchi, ayollar orasida eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi erkak murabbiyi, eng yaxshi ayol murabbiyi, eng yaxshi darvozabon va eng yaxshi futbolchi.


Nashrning yozishicha, eng yaxshi murabbiy sovrini «Real» ustozi Zayniddin Zidanga beriladi, eng yaxshi darvozabon - «Yuventus» posboni Janluiji Buffon bo‘ladi.


Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Ronaldu 13 o‘yinda 12 gol urib, Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan va UEFA talqini bo‘yicha Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.


Manba: www.sports.uz


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Fifa, Kirishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (6)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.