Kasilyas Ronaldu va Messi ham davogar bo'lgan mukofot sohibiga aylandi
- » Yangiliklar
- 8-11-2017, 12:05
- 481
Hozirda "Portu" darvozasini quriqlayotgan, "Real"ning sobiq posboni Iker Kasilyas Golden Foot 2017 sovrindori bo'ldi.
"AS" nashri xabar tarqatishicha, bunday mukofot 28 yoshdan katta bo'lgan futbolchilarga muvaffaqiyatli faoliyat uchun beriladi.
Ayni vaqtda 36 yoshda bo'lgan Kasilyas Golden Foot sovriniga ega chiqqan ikkinchi darvozabon bo'ldi. 2016 yilda mukofot "Yuventus" posboni Janluiji Buffonga topshirilgandi.
Kasilyasdan tashqari Golden Foot uchun bu yilda Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Manuel Noyer, Serxio Ramos, Aren Robben, Tyago Silva, Luis Suares, Yaya Ture va Andrea Pirlo kabi futbolchilar davogarlik qilgandi.
"Real"ning sobiq futbolchisi mukofotni seshanba kuni Monakoda o'tkazilgan tadbirda qabul qilib olgan.
Kasilyas Golden Foot mukofotiga ega chiqqan ikkinchi ispaniyalik futbolchi. "Barselona" futbolchisi Andres Inesta 2014 yilda shunday mukofot bilan taqdirlangandi.
Manba: www.tribuna.uz

Muallif: El Capitano |
Teg: Golden Foot, Kasilyas, Messi, Ronaldu
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish