Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" va "Barselona" qiziqqan futbolchini "Arsenal" ilib ketishga yaqin turibdi


Londonning "Arsenal" klubi Fransiyaning "Lion" klubi hujumkor yarimhimoyachisi Nabil Fekir bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda "Daily Star" nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, "kanonirlar" futbolchi uchun qiziqayotgan "Manchester Yunayted", Madridning "Real" va Kataloniyaning "Barselona" kabi jamoalar bilan kurashda yutib chiqqan. 24 yoshli futbolchi londonliklarga 67 million evroga tushadi va natijada klub tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylanadi.

Joriy mavsumda Fekir "Lion" safida barcha musobaqalarda jami 15 uchrashuvda maydonga tushgan bo'lib, 12 gol va 3 golli uzatma muallifi bo'lgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real, Barselona, Arsenal, Nabil Fekir, Lion
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.