Nega Ronaldu "Real"ni tark etmoqchi?
- » Yangiliklar
- 15-11-2017, 12:57
- 1028
Ispaniyaning "AS" nashri "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z klubini nega tark etmoqchiligi sabablarini tushuntirdi.
Birinchidan, Ronalduning fikricha, "qaymoqranglilar" safida uni qadriga etishmayapti. Futbolchi "Real" PSJ hujumchisi Kilian Mbappega qiziqish bildirganidan va klub 18 yoshli futbolchi uchun 140 mln. evro to'lashga tayyorligidan norozi bo'lgan. Bu haqda bilgan Ronaldu rahbariyatdan Mbappe kelganidan so'ng klubni tark etishni so'radi. "Real"dagilar bunga rozi bo'lishgandi. Biroq Franciya terma jamoasi hujumchisi "Monako"dan PSJga ijara asosida o'tdi, Ronaldu esa ispan grandida qoldi. "Qirollik klubi" Ronalduning maoshini ko'tarish haqida vada berdi.
Ronalduning yana bir etirozi "Real" oldinroq "Barsenlona" futbolchisi bo'lgan Neymarga qiziqishi edi. Portugaliyalik bu harakatni, uning o'rniga futbolchi topish deb hisobladi.
Ronaldu uning maoshi Neymar va "Barselona" hujumchisi Lionel Messinikidan kamligidan norozi. Malum bo'lishicha, aynan shu sabab tufayli "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvdan (1:3) so'ng, "Real" bilan shartnoma uzaytirmasligini aytgan.
Bundan tashqari, Ronaldu mamlakat soliq xizmati bilan muammolar bo'layotgani uchun ham "Real"ni tark etmoqchi. Oldinroq, portugaliyalik soliq organlaridan 15 mln. evro qarzligi aytilgan edi. Ronaldu esa bu ayblovlarni rad etyapti.
Ronalduning "Real" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
Manba: CA

Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Krishtianu Ronaldu
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish