Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Yuragida muammo aniqlangan "Real" futbolchisi faoliyatini yakunlash haqida o'ylagan


Madridning "Real" klubi himoyachisi Daniel Karvaxal faoliyatini yakunlash haqida ham o'ylab ko'rgandi.

Eslatib o'tamiz, sentabr oyida Ispaniya terma jamoasi futbolchisining yuragida nuqsoni borligi aniqlangan va shifokorlar vaqtinchalik unga futbolchi o'ynashni taqiqlab qo'yishgandi.

"Biroz qo'rqib ketgandim va faoliyatimni yakunlash vaqti kelganini his qildim. Axir bularning barchasi muntazam davom etishi va boshqa vaziyatda barchasi bundanda yomon tugashi haqida o'ylay boshlagandim. Ammo shifokorlar menga xavotirga o'rin yo'qligini aytishdi. Ular bu juda ko'p uchraydigan xastalik ekani va xotirjam bo'lishim mumkinligini aytishdi.

Men dori-darmonlar istemol qilishim lozim edi. Dastlabki uch-to'rt hafta eng murakkab davr edi, sababi men hech narsa qila olmayotgandim. Futbolchi tanasi esa har doim faol harakatda bo'lishni talab qilardi. Men deyarli kichik mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini o'tadim. Shifokorlar bilan esa terma jamoalar uchun ajratilgan xalqaro tanaffusdan so'ng safga qaytishga kelishib oldik",
- degan ispaniyalik himoyachi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Daniel Karvaxal
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.