Ronaldu va Serxio Ramos o‘rtasida "ola mushuk" o‘tib qoldi
- » Yangiliklar
- 16-11-2017, 12:16
- 872
"Real" himoyachisi Serxio Ramos tomonidan aytilgan fikr jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduga yoqmadi, deya xabar tarqatdi "El Chiringuito" nashri.
Avvalroq ispan OAVda portugaliyalik futbolchi mavsum so‘ngida "Qirollik klubi"ni tark etishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgandi. Ramos esa jurnalist tomonidan berilgan Ronalduning niyati borasidagi savolga javob berishdan bosh tortib, uni futbolchining o‘zidan so‘rash kerakligini aytgandi.
Krishtianu Yevropa chempionlar ligasi doirasida "Tottenxem"ga qarshi o‘yindan (1:3) keyin jamoa bilan shartnoma uzaytirmasligini ma’lum qilgandi.
Manba: www.stadion.uz

Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Serxio Ramos, Krishtianu Ronaldu
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish