Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" De Bryuyneni qo'lga kiritish harakatini boshlagan


"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne "Real" klubini jiddiy qiziqtirmoqda.

"Qirollik klubi" 26 yoshli belgiyalikni yozda qo'lga kiritib, jamoaning yangi loyihasi yuziga aylantirmoqchi.

"Real" prezidenti Florentino Peres De Bryuyneni "Siti" bilan yangi shartnoma imzolamasidan oldin, "Real"ga o'tishga ko'ndirishga harakat qilyapti, deb xabar beradi "Don Balon" nashri.

Qayd qilish lozimki, futbolchining ingliz klubi bilan imzolagan shartnomasi 2021 yilgacha amal qiladi. Biroq, bosh murabbiy Pep Gvardiola rahbariyatdan uning maoshini oshirib, tezroq yangi shartnoma imzolashni talab qilyapti. Kataloniyalik mutaxassis Kevinni "PSJ" yoki "Real" kabi grandlar ilib ketishidan xavotirga tushib qolgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, De Bryuyne, Manchester Siti
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.