Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Peres-Tebas ligasi yoki nega "Barselona" hakamlik borasida shikoyat qilmasligi kerak


"Valensiya" hamda "Barselona" o'rtasidagi La Liganing 13-tur uchrashuvida hakam bilan bog'liq navbatdagi mojaro bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsda Messining goli hisobga olinmadi va Kataloniya klubi tomonidagilar bunda "Real" prezidenti Florentino Peresni ayblay boshlashdi. "Barsa"chilarning fikricha, La Ligadagi hakamlarga rahbarlik qiladigan Ispaniya chempionati prezidenti Xaver Tebas Peresdan maosh oladi, shu sababli Messining goli hisoblanmagan.

Ammo aslida ham shundaymi? Ular hakamlikdan shikoyat qilishga haqlimilar? Keling shunchaki joriy mavsum LaLigada hakamlar "Barselona" va "Real" foydasiga qancha xato qilganini hisoblab ko'ramiz. Faqat 100%lik vaziyatlarni muhokama qilamiz.

"Barselona" foydasiga bo'lgan xatolar:

"Espanol"ga qarshi 0:0 bo'layotgan uchrashuvda ofsayddan urilgan gol
Peres-Tebas ligasi yoki nega "Barselona" hakamlik borasida shikoyat qilmasligi kerak

To'p maydondan chiqib ketganidan so'ng "Malaga" darvozasiga urilgan gol
Peres-Tebas ligasi yoki nega "Barselona" hakamlik borasida shikoyat qilmasligi kerak

"Barselona" zarariga ishlagan xatolar:

"Valensiya"ga qarshi o'yinda hisobga olinmagan gol
Peres-Tebas ligasi yoki nega "Barselona" hakamlik borasida shikoyat qilmasligi kerak

"Real" zarariga ishlagan xatolar:

"Real" 1:0 hisobida yutayotgan paytda "Xetafe"ning ofsayddan urgan goli
Peres-Tebas ligasi yoki nega "Barselona" hakamlik borasida shikoyat qilmasligi kerak

"Jirona"ning ofsayddan urgan goli
Peres-Tebas ligasi yoki nega "Barselona" hakamlik borasida shikoyat qilmasligi kerak

Vezu qo'li bilan o'ynagani uchun belgilanmagan penalti
Peres-Tebas ligasi yoki nega "Barselona" hakamlik borasida shikoyat qilmasligi kerak

"Malaga" bilan o'yinda 3:2 hisobi bo'layotgan paytda "Real"ning hisoblanmagan goli
Peres-Tebas ligasi yoki nega "Barselona" hakamlik borasida shikoyat qilmasligi kerak

"Real" foydasiga bo'lgan xatolar:
Bunaqasi bo'lgani yo'q. Peres tomonidan "boshqariladigan" hakamlar "Real" foydasiga xato qilishmadi. Bu borada etirozingiz bo'lsa, izoh yozing.

"Barselona" foydasiga 2ta xato bo'ldi, zarariga esa 1ta. "Real" zarariga esa 4ta xato, foydasiga yo'q. Ha, aytgancha, Ispaniya Superkubogini ham eslang. O'sha o'yinda "Barselona" foydasiga 2ta xato bo'lgan.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Barselona, La Liga, Statistika
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.