Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Neymarning otasi: "Real"? Hozircha yo'q, ammo..."


Neymarning otasi o'g'lining "Real"ga o'tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Oldinroq, madridliklar braziliyalikni PSJdan Krishtianu Ronaldu o'rniga xarid qilishi elon qilingan edi.

● "O'zgarishlar juda tez bo'ladi. Bugun bunday fikr yo'q, ammo 5-6 yildan so'ng nima bo'lishini ayta olmayman. Uning PSJ bilan uzoq muddatlik shartnomasi bor. U klubga kelganiga bor-yo'g'i 3 oy bo'ldi, biz esa yangi transfer haqida gapiryapmiz. Bunday savollarga javob berish qiyin.

Neymar Evropani tark etish haqida o'ylamayapti. Maqsadimiz - Evropada o'ynashni davom ettirish. Bir necha yildan so'ng u "Palmeyras", "Flamengo" yoki "Santos"ga yo'l olishi mumkin, ammo hozircha bularning barchasi mish-mish",
- deydi Neymarning otasi.

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Neymar, PSJ, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.