Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

«Real» Benzemaga yangi shartnoma taklif qiladi va maoshini oshiradi


Madridning "Real" klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi hujumchi Benzemaga ishonch bildirishda davom etmoqda va yozda unga yangi shartnoma taklif qiladi.

Yangi shartnomaga ko'ra Benzema "Real"da 2021 yoki 2022 yilga qadar qolishi mumkin bo'ladi. Klub rahbariyati Benzema tanqidlar ostida qolgan bo'lishiga qaramay, o'ziga bo'lgan ishonchni his qilishini istamoqda.

Agar Benzema yangi shartnoma imzolasa, ikkinchi marta hamkorlik muddatini uzaytirgan bo'ladi. Bunga qadar u 2014 yilda yangi shartnoma imzolagan va yillik maoshi 5 million evrodan 8 million evroga oshgan edi.

Eslatib o'tamiz, Benzemaning "Real" bilan amaldagi shartnomasi muddati 2019 yilda yakuniga etishi lozim. Frantsiyalik hujumchi joriy mavsum Ispaniya chempionatida 19 uchrashuvda maydonga tushdi va 5 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Abdurasul
FUT.UZ


Muallif: Abdurasul |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.