Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real"ning yanvardagi asosiy nishonni aniq


4 dekabr kuni "Real" prezidenti jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan hamda bosh direktor Xose Anxel Sanches bilan uchrashgan.

"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, bir yarim soat vaqt davom etgan suhbat chog'ida tomonlar mavsum boshidagi muvaffaqiyatsizlikni muhokama qilishgan va vaziyatdan chiqish echimlarini izlashgan.

Yakunda Zidan va Sanches Peresni qishki transferlar vaqtida hujumchi sotib olish yoki ijaraga olish zarurligiga ishontirishgan. Klub rahbari avvaliga o'z odatiga ko'ra, qishda transfer amalga oshirmaslikni maqul ko'rgan, ammo murabbiy va bosh direktor uni o'z gaplariga ishontira olishgan.

Xabarda qayd etilishicha, "Qirollik klubi"ning yanvardagi asosiy maqsadi "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi bo'ladi. Madridliklarda yana bir variant bo'lgan. Ammo bu variant - Timo Vernerdan ("LeypTsig") farqli ravishda Chempionlar ligasida boshqa klub safida maydonga tushmagani uchun Ikardi tanlangan.

Shu bilan birga, argentinalik futbolchi uchun belgilangan narx - 100 million evro qimmatlik qilishi ham mumkin. Qolaversa, "Inter" joriy mavsumda Italiya chempioni bo'lishni maqsad qilgan va asosiy hujumchisini qo'yib yuborishi qiyin bo'ladi.

Ikardidan tashqari, Madrid klubi "Atletik" darvozaboni Kepa Arrisabalagani o'z safiga qo'shib olishni mo'ljallagan. Uchrashuvda tomonlar yana bir markaziy himoyachi olish borasida ham kelishib olishgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Mauro Ikardi, Kera Arrisabala
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.