Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Peres: Kubog finali "Santiyago Bernabeo" stadionida o'tkazilmaydi


Madridning “Real” jamoasi prezidenti Florentino Peres “Barselona” va “Alaves” o'rtasida bo'lib o'tadigan Ispaniya Kubogi finalini “Santyago Bernabeu” stadionida bo'lib o'tishiga qarshi chiqdi.

“Ispaniya Kubogi finali bizning maydonda bo'lib o'tmaydi. O'sha kuni stadionda rekonstruktsiya ishlari bo'ladi”
– deydi Florentino Peres.

Ko'pchilikning taxmin qilishicha, Peres “Barselona” “Real”ning azaliy raqibi bo'lgani va katta ehtimol bilan finalda g'olib chiqishini inobatga olib, kataloniyaliklarning “Real” maydonida muvaffaqiyatini nishonlashini ko'rgisi kelmayapti.

Ma'lumot o'rnida, “Barselona” va “Alaves” o'rtasidagi Ispaniya Kubogi finali 27 may kunga belgilangan.

Abdurasul


Muallif: Abdurasul |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.