Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronaldu Chempionlar ligasida hafta futbolchisi


Xabaringiz bor joriy haftada Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

UEFA rasmiy saytining ma’lum qilishicha muxlislar 6-turning eng yaxshi futbolchisi deb “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanlashgan.

Ta’kidlash lozimki, 32 yoshli portugaliyalik futbolchiga so‘rovnomada ishtirok etganlarning 41 foizi o‘z ovozini bergan. Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Dortmundning “Borussiya” (3:2) klubiga qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishgan edi.

Shuningdek, so‘rovnoma ishtirokchilari “Liverpul” yarim himoyachisi Filippe Koutinoga (38%) ham yuqori ovoz berishgan. Keyingi o‘rinlarda esa Korentin Tolisso (PSJ 8%), Bernard («Shaxtyor» 5%), Eden Azar («Chelsi» 3%), Pako Alkaser («Barselona»2%), Son Xin Min («Tottenxem» 1%) hamda Xuan Kuadrado («Yuventus» 1%) kabi futbolchilar joy olishgan.

Manba: www.sports.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Chempionlar ligasi, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.