Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Fergyuson 18 yoshli Ronalduni qanday qo'lga kiritgani bilan maqtandi


"Manchester Yunayted" klubining sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson yosh Krishtianu Ronalduni qanday qo'lga kiritganini "France Football" nashriga so'zlab berdi.

○ "Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan suhbatlashdim. Shunda u Ronaldu bilan "Arsenal" va "Real" qiziqayotganini, agar u menga kerak bo'lsa, tezroq harakat qilishim shartligini aytdi.

Ronalduga bizga qo'shilishni taklif qildim. Shunda u onasi bilan maslahat qilish lozimligini aytdi.

Biz yosh futbolchini asosiy tarkibga bosqichma-bosqich jalb qilishni, uni darhol murakkab o'yinlar girdobiga tashlamoqchi emasligimizni tushuntirdik. Bu uning onasi va agentiga yoqdi. Shundan so'ng, Ronaldu Manchesterga keldi",
– dedi shotlandiyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu 2003 yilda "Manchester Yunayted"ga 15 million evro evaziga o'tgan edi. 6 yildan so'ng, "Real" uni 94 million evroga sotib oldi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Aleks Fergyuson, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.