Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

KJCh-2017. "Real"ning yarimfinaldagi raqibi malum bo'ldi


Birlashgan Arab Amirliklarida klublar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Musobaqaning ikkinchi chorakfinal bahsida BAAning "Al-Jazira" va Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" klublari bellashdi. Ikkinchi bo'limda Ali Mabxut tomonidan urilgan yagona gol mezbonlarni yarimfinalga olib chiqdi.

Qayd qilish joizki, hamyurtimiz Sardor Rashidov bu safar ham "Al-Jazira" zaxirasida qoldirildi.

Endi "Al-Jazira" final yo'llanmasi uchun Madridning "Real" klubi bilan bellashadi. "Urava Red Daymonds" esa 5-o'rin uchun bahsda Marokashning "Vidad" klubiga qarshi maydonga tushadi.

KJCh-2017. Chorakfinal

9-dekabr

"Al-Jazira" (BAA) – "Urava Red Daymonds"(Yaponiya) - 1:0

Gol:
1:0 – 52 Mabxut.

"Al-Jazira" – Xasif, Faris Juma, Ayed (Xalfan, 90), Fayaz, Umar (Al-Utayba, 89), Yusuf (Al-G'ilaniy, 84), Rashid, Abdulla, Bussufa, Mabxut, Romarino.

"Urava Red Daymonds" – Nicikava, Ugadzin, Makino, Endo (Morivaki, 72), Kasivagi, Abe, Yadzima (Lyubiyankich, 76), Aoki, Rafael Silva, Koroki, Muto (Takagi, 67).

Ogohlantirishlar: Makino (42), Rashid (56), Muto (62), Yusef (64).

KJCh-2017 taqvimi

Chorakfinallar

9-dekabr, "Pachuka" (Meksika) - "Vidad Kasablanka" (Marokash) - 1:0

9-dekabr, "Al-Jazira" (BAA) - "Urava Red Daymonds" (Yaponiya) - 1:0

5-o'rin uchun bahs

12-dekabr, 19:00 "Vidad Kasablanka" (Marokash) - "Urava Red Daymonds" (Yaponiya)

Yarimfinallar

12-dekabr, 22:00 "Gremio" (Braziliya) - "Pachuka" (Meksika)
13-dekabr, 22:00 "Al-Jazira" (BAA) - "Real Madrid" (Ispaniya)

3-o'rin uchun bahs

16-dekabr, 19:00

Final

16-dekabr, 22:00

O'yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: KJCH-2017, Al-Jazira, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.