Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronalduda navbatdagi muammo


Ispaniya soliq xizmati "Real"hujumchisi Krishtianu Ronalduning soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlagani bo'yicha ayblovlar berishda davom etmoqda. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, 22 dekabr kuni Posuelo shahrida navbatdagi sud majlisi bo'lib o'tadi. Unda 32 yoshli portugaliyalik futbolchining 2011 yildan 2014 yilga qadar bo'lgan davrda 14,8 million evro miqdoridagi soliqlarni yashirgani bo'yicha ish ko'riladi.

Agar Ronalduning aybi isbotlansa, u Ispaniya xazinasiga kamida 30 million evro to'lashiga to'g'ri keladi. Bu summa ichiga 14,8 million evro soliq, jarima va qo'shimcha foizlar qo'shiladi.

Eslatib o'tamiz, o'z vaqtida "Barselona" hujumchisi Lionel Messi ham xuddi shunday muammo sabab 30 million evro to'lashga majbur bo'lgandi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Krishtianu Ronaldu, Ispaniya, Soliqlar
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.