Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronaldu Messi va Neymardan ko‘proq daromad topmoqchi


[b]Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu dunyodagi barcha futbolchilardag ko‘proq daromad topishni istamoqda va bu borada klub prezidenti Florentino Peres bilan gaplashib olmoqchi.

Marca nashrining xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi “Barselona”etakchisi Lionel Messi va PSJ hujumchisi Neymardan kamroq maosh olayotganini “hazm” qila olmayapti. Messi kataloniyaliklar bilan kelishuvni uzaytirgach, yiliga 50 mln evro maosh oladigan bo‘ldi.

Beshinchi bor “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan Ronaldu esa yanada ko‘prog‘iga loyiq ekanini his qilmoqda va maoshi oshishiga umid ko‘zi bilan qaramoqda.
32 yoshli futbolchining “Real” bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Bu esa Ronaldu 36 yoshiga qadar “Qirollik klubi” sharafini himoya qiladi demakdir.

[b]Manba:[/b] www.sports.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Krishtianu Ronaldu, Neymar, Lionel Messi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.