Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Vinisius "Real"ga o'tishga shoshilmayapti


"Flamengo" hujumchisi Vinisius Junior yozda "Real" tarkibiga o'tishni istamayapti.

Avvalroq, "Qirollik klubi" vatanida "Yangi Neymar" laqabini olgan futbolchini yozda o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Bu borada yakuniy qaror qabul qilmadim. 2018 yil mavsumini "Flamengo"da o'tkazishni rejalashtiryapman va Libertadores kubogida g'olib chiqmoqchiman. Shundan so'ng, bemalol klubimni almashtirishim mumkin. O'z imkoniyatlarimni juda yaxshi bilaman va mutlaqo xotirjamman", – deb futbolchi so'zlarini keltirmoqda "AS" nashri.

Malumki, "Galaktikos" futbolchini "Flamengo" klubidan 45 mililon evroga xarid qilgan va 2019 yil yanvar oyigacha ijarada qoldirgan edi. Ammo, madridliklarning Primeradagi natijalari ko'ngildagidek bo'lmagach, murabbiylar shtabi uni 2018 yil yozidayoq tarkibga qo'shib olmoqchi bo'ldi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Vinisius Junior, Flamengo
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.