Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ter SHtegen: "Serxio Ramosning o'yin oxirida urgan golini uzoq vaqt hazm qila olmaganman"


"Real"ga qarshi LaLiganing 17-tur uchrashuvi oldidan "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen u uchun yoqimsiz bo'lgan voqeani esladi.

"Ko'k-anorranglilar" o'tgan mavsum 14-turda "qaymoqranglilar"ni qabul qilishgan. Mezbonlar 1:0 hisobida oldinda edi, ammo bahs oxirida Serxio Ramos nemis posboni darvozasini ishg'ol qilib, o'z jamoasiga ochko olib bergan.

"Real" futbolchilari urgan gol boshqa jamoa vakillarining gollari kabi og'riqli. Ammo men ko'p o'ylagan zarba haqida gapiradigan bo'lsak, Ramosning 89-daqiqadagi golini alohida takidlagan bo'lardim. O'sha voqeani uzoq vaqt hazm qila olmaganman",
- deydi ter SHtegen.

"Real" - "Barselona" uchrashuvi 23 dekabr kuni Toshket vaqti bilan "Qirollik klubi" maydonida bo'lib o'tadi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Barselona, Ter SHtegen, Real Madrid, Serxio Ramos
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.