Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Butrageno: "Barselona" bilan farq katta, ammo..."


"Real" direktori Emilio Butrageno "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tgan LaLiganing 17-tur uchrashuvi (0:3) haqida fikr bildirdi.

"Jamoalar o'rtasidagi farq katta, ammo klub emblemasi doimo maksimal kurashni talab qiladi. Oldinda uchrashuvlar ko'p. CHempionlik poygasi yakunlangani yo'q. Birinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik, ko'proq vaziyatlarga ega bo'ldik. Birinchi gol urgan jamoa ustunlikka ega bo'ladi deb o'ylagandim.

"Barselona" ikkinchi bo'limni faol boshladi va himoyadagi xatoimiz uchun jazoladi. O'n kishi bo'lib qolganimizdan so'ng vazifa yana og'irlashdi. Hisobni 1:2ga ko'rinishiga keltirishimiz mumkin edi. Vaziyatdan foydalanganimizda hammasi boshqacha bo'lardi. Endi bu uchrashuvni unutib, ishlashda davom etish kerak",
- deydi Butrageno.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Emilio Butrageno
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.