Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" Azar transferi uchun rekord qiymatni to'lashga tayyor


Madridning "Real" klubi "Chelsi" yarimhimoyachisi Eden Azarning transferi uchun rekord qiymatdagi taklifni tayyorlamoqda.

"The Sun" nashri bergan xabariga ko'ra, "galaktikos" belgiyalik hujumkor futbolchi uchun 120 million evro berishga tayyor. Bu esa madridliklar tarixidagi rekorddir.

Eslatib o'tamiz, avvalroq 26 yoshli Azar aynan Ispaniya grandi qiziqishi tufayli, "ko'klar" bilan yangi shartnoma imzolamagan edi.

Futbolchining amaldagi mehnat bitimi 2020 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Eden Azar, Chelsi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.