Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Peres Dele Allini "Tottenhem"da janjal ko'tarishga undamoqda


"Real" prezidenti Florentino Peres "Tottenhem" futbolchisi Dele Alliga agenti Jorje Mendesh orqali tasir o'tkazishga urinyapti, deb yozadi "Don Balon" nashri.

Malumki, Peres Krishtianu Ronaldu agenti hisoblanadigan Mendesh bilan juda yaxshi tanish. U Alliga "Tottenhem"da janjal ko'tarib, "Real"ga qo'yib yuborishlarini talab qilishni maslahat bermoqda. Peres fikriga ko'ra, Koutino aynan shunday usul orqali 'Liverpul"dan "Barselona"ga o'tib ketgan.

"Real" nafaqat Alli, balki Harri Keyn transferini ham amalga oshirmoqchi. Avvalroq, "Tottenhem" har ikkala yetakchisi bilan moliyaviy bandlari yaxshilangan yangi shartnoma imzolamoqchi ekanini malum qilgan edi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Florentino Peres, Dele Alli, Tottenhem
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.