Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Kalderon: "Ronalduni Neymarga almashtirishlari haqida malumot tarqatish aqlli ish emas"


"Real" sobiq prezidenti Ramon Kalderon PSJ hujumchisi Neymar "Qirollik klubi"ga o'tishi, ushbu transferda Krishtianu Ronaldu ishtirok etishi haqidagi xabarga izoh berdi.

"Ronaldu va Neymar almashtirilishi haqida malumot tarqatish aqlli ish emas. Oldinda turli turnirlardagi ko'plab o'yinlar bor va bunday malumotdan yagona maqsad - natija keltirishi mumkin bo'lgan futbolchilar bilan janjal keltirib chiqarish.

Hozir Krishtianu tushuntirish so'raydi va agar "Real" uni sotib yuborsa noto'g'ri bo'ladi. Uni klubga taklif qilish uchun qiyinchiliklarga duch kelganman. Peres transferni yo'qqa chiqarmoqchi edi, u mag'rur va Ronaldu "Real"ning Di Stefanodan keyingi eng yaxshi transferi ekanligini tan olmaydi. SHu sababli u "Real"da 4ta "Oltin to'p" olgan futbolchi bilan yomon munosabatda",
- deydi Kalderon.

Kalderon: "Ronalduni Neymarga almashtirishlari haqida malumot tarqatish aqlli ish emas"

Manba: www.championat.asia


Muallif: axmad2816 |
Teg: Ramon Kalderon, Real Madrid, Ronaldu, PSJ, Neymar
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.