Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: "Real"da hamma Ronalduni yaxshi ko'radi"


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Krishtianu Ronalduning jamoani tark etishi mumkin borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men bu vaziyatdan xavotirda emasman. Jamoadan tashqaridagilar buni istaganicha muhokama qilishi mumkin, ammo jamoa ichida Krishtianu faqat g'alaba haqida o'ylaydi. Men ham faqat u bilan futbolni, uning jamoamizga qanday yordami tegishini muhokama qilishni istayman.

"Real"ni Krishtianusiz tasavvur qila olmayman. U hozir aynan o'zi bo'lishi kerak bo'lgan jamoada. Klub, muxlislar – barcha uni yaxshi ko'rishadi. Men har doim bir gapni aytganman: "Uni Madriddan tashqarida ko'ra olmayman". Menga aynan sportcha holatlar va uning qiyin vaziyatda "Real" bilan ekani muhim.

Shartnomaviy masalalarini esa muhokama qilishni istamayman. U ajoyib futbolchi. Buni rahbarlar bilan gaplashib olishi lozim. Men unga faqat maydonda nimalar qilishi haqida gapirishim, ko'rsatma berishim mumkin. Qolgani meni qiziqtirmaydi",
– deya Zidanning so'zlarini keltiradi "Marca" nashri.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: axmad2816 |
Teg: Real Madrid, Zinedin Zidan, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.