Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ronaldu "Real"ning Ispaniya Kubogi o'yini qaydnomasiga kiritilmadi


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Krishtianu Ronalduni Ispaniya Kubogi chorakfinalidan o'rin olgan "Leganes"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritmadi.

O'yin, 18 yanvardan 19 yanvarga o'tar kechasi, soat 01:30da boshlanadi.

"Real"ning qaydnomasidan quyidagi futbolchilar joy olgan.

Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Moxa Ramos;
Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Xesus Valexo, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Teo Ernandez, Ashraf Xakimi;
Yarimhimoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiru, Markos Lorente, Marko Asensio, Isko, Mateo Kovachich, Dani Sebalos;
Hujumchilar: Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.

Avvalroq, 32 yoshli portugaliyalik klub prezidenti Florentino Peresdan norozi ekanini ochiqchasiga aytgan edi.Uning gapiga ko'ra, mulozim o'z vadasiga muvofiq, futbolchining maoshini oshirmagan.

Manba:www.tribuna.uz


Muallif: axmad2816 |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.