Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ana xalos: "Real" Zidan o'rniga ikki nomzodni ko'rib chiqmoqda"


"Real" rahbariyati bosh murabbiy Zinedin Zidan o'rnini egallashi mumkin bo'lgan mutaxassislar nomzodini o'rganib chiqmoqda.

"Marca" xabariga ko'ra, ayni paytda, ro'yxatning yuqori qismidan Yurgen Klopp (Liverpul) va Maurisio Pochettino (Tottenhem) o'rin olgan.

Klub prezidenti Florentino Peresga ko'proq Pochettino nomzodi maqul kelyapti. 45 yoshli mutaxassis yoshlar bilan ishlashda o'z mahoratini namoyish qilishga erishdi. Bundan tashqari, "Espanol"da ishlagani bois, "Barselona"ni o'ziga ashaddiy raqib deb biladi.

Pochettinoning "Tottenhem" bilan imzolagan shartnomasida tovon puli ko'rsatilgan. Demak, "Real Madrid" uchun uni qo'lga kiritish qiyin bo'lmaydi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Zinedin Zidan, Liverpul, Yurgen Klopp, Tottenhem, Maurisio Pochettino
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.