Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" Pochettinoni taklif qilmoqchi


"Real" oxirgi vaqtdagi omadsizliklaridan so‘ng klub rahbariyati jamoa bosh murabbiyi vazifasiga "Tottenhem" ustozi Maurisio Pochettinoni taklif qilmoqchi.

Daily Mail va boshqa bir qator manbalarga ko‘ra, madridliklar argentinalik mutaxassisning vakillari bilan aloqaga chiqishgan. Mutaxassisning o‘zida ham "Real"da ishlash istagi bor.

Pochettino bilan London kulbi o‘rtasidagi shartnoma 2021 yilgacha mo‘ljallangan va uni uzaytirish haqida band yo‘q. Shu sababli mutaxassis "shporlar" xo‘jayini Daniel Levini o‘zini Ispaniyaga qo‘yib yuborishga ko‘ndirishiga to‘g‘ri keladi.

"Tottenhem" Pochettinoni qo‘yib yuborishga tayyor emas, chunki jamoaning yetakchi o‘yinchilari - Harri Keyn, Dele Alli va Ugo Lyorisning klubdagi kelajagi ko‘p jihatdan murabbiyga bog‘liq.

Madridliklar ustozi Zinedin Zidanga bosimlar ortib bormoqda. Pochettino uning o‘rniga nomzodlar orasida birinchi o‘rinda turibdi.

Manba: www.stadion.uz


Muallif: axmad2816 |
Teg: Real Madrid, Tottenhem, Pochettino
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.