Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"PSJ" prezidenti: " Kafolat beraman, Neymar ketmaydi"


“PSJ” prezidenti Nosir Al-Xelayfi Neymar atrofidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

“Neymar bizniki, u Parijda baxtli, gollar urayotganidan xursand. Uning besh yillik shartnomasi bor, vaholanki, klubga kelganiga hech qancha bo‘lgani yo‘q. Neymar ketmoqchi deb o‘ylamayman.

“Real” haqidagi mish-mishlar shunchaki kulgili. Ispan matbuoti bilan o‘yin boshlash niyatimiz yo‘q. Neymarning kelgusi mavsumda ham “PSJ”da qolishiga 100 foiz kafolat bera olamanmi? Yuz foiz emas, 2000 foiz kafolat beraman, u qoladi”, dedi prezident.

Manba: www.stadion.uz


Muallif: axmad2816 |
Teg: Real Madrid, PSJ, Nosir Al-Xelayfi, Neymar
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.