Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" yangi futbolchilar xaridini yozga qoldirdimi?


"Qirollik klubi" qishda biror futbolchi bilan shartnoma imzolamaslikka yaqin turibdi, deb xabar beradi "Marca" nashri.

Manbaning xabar berishicha, Madridliklar rahbariyati qishki transfer oynasida hech kimni sotib olmaslikka qaror qilgan va klub ustozi Zinedin Zidan ham tarkibdagi o'zgarishlarni faqat yozda amalga oshirish kerak degan fikriga kelgan.

"Galaktikos" joriy mavsum natijalaridan kelib chiqqan holda, yozda tarkibda qanday o'zgarishlarni amalga oshirish haqida bir qarorga kelmoqchi.

Ayni paytda, Ispaniya chempionatida "Real Madrid" peshqadam "Barselona"dan 19 ochko ortda qolib, 4-o'rinda boryapti.

Avvalroq, "Qirollik klubi"ga "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi 106 million evro evaziga kuchib o'tishga yaqin turgani haqida xabar bergan edik.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Zinedin Zidan
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.