Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Marselo Neymar va Ronaldu haqida nima dedi?


"Real" himoyachisi Marselo "PSJ" hujumchisi Neymar haqida va jamoadoshi Ronalduning kayfiyati haqida fikr bildirdi.

"O‘ylaymanki, Agar Neymar safimizga qo‘shilsa, "Real"ning o‘yiniga mos tushgan bo‘lar edi. Buyuk o‘yinchilar aynan "Real"da o‘ynashlari kerak va o‘ylaymanki, Neymar qachonlardir bizda o‘ynaydi.

Chempionlar ligasida "PSJ"ga qarshi o‘yinlarimizni final repetisiyasi desak bo‘ladi. Bu o‘yinni hamma kutyapti. Pariliklarda yaxshi jamoa bor, yaxshi tarkibi yig‘ilgan. Ammo "Real"ning nomi barchaga ma’lum.
Ronaldu? Uni baxtsiz deb o‘ylamayman. U jamoaga yordam berish uchun hamma narsa qilyapti. U tajribali o‘yinchi, jamoada eng obro‘li o‘yinchi. Bizga yordam berish uchun bor kuchini ayamaydi. Uning nimalarga qodir ekanini hamma biladi", - deydi Marselo.

Manba: www.std.uz


Muallif: axmad2816 |
Teg: Real Madrid, Marselo, Ronaldu, Neymar
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.