Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Kroos "PSJ"ning kuchli tomonini aytdi


"Real" futbolchisi Toni Kroos Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "PSJ"ga qarshi bahslarda jamoasining g'alabasiga ishonmoqda.

"Shubhasiz, bu o'yinlarda bizga og'ir bo'ladi, chunki "PSJ" ajoyib jamoadir. Biroq, biz ham anoyi emasmiz. Bu bahslarda maydonga tushishni juda ham istayapman va ishtiyoqim baland.

Hozir "PSJ"ning hujum chizig'i tezkor va juda kuchli. Ular ko'p gol urmoqdalar, ammo biz ham o'z o'yinimizni namoyish qilishga qodirmiz. Bizda ham ajoyib himoyachilar, yarimhimoyachilar, hujumchilar va darvozabon bor. Muhimi o'z kuchimizga, o'z o'yinimizga va g'alabamizga ishonish",
– dedi Kroos.

"Real Madrid" - "PSJ" qarama-qarshiligining dastlabki bahsi Madridda Ispaniya vaqti bilan 14-fevral kuni, javob bahsi Parijda 6 mart kuni o'tkaziladi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Toni Kroos, PSJ
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.