Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Neymar: "Hali hech narsa aniq emas"


"PSJ" hujumchisi Neymarning ishonch bildirishicha, jamoasi ECHL chorak finaliga chiqish uchun hali imkoniyatni yo'qotgani yo'q.

Bu haqda braziliyalik futbolchi musobaqaning 1/8 finali doirasida Madridning "Real" klubi bilan kechgan birinchi bahsdan so'ng aytib o'tdi. Mehmonda o'ynagan parijliklar 1:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.

"Hali hech narsa aniq bo'lmadi, oldinda "Real" bilan javob uchrashuvi bor", - deya Neymarning so'zlarini keltiradi "Marca" nashri.

O'yinchi "Real"ga ehtimoliy transferi haqida tarqalgan mish-mishlarga izoh berarkan, shunday dedi: "Menda "PSJ" bilan shartnoma bor. Bu erda baxtliman va jamoa maqsadlariga bor etiborni qaratganman".

Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 6 mart kuni bo'lib o'tadi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: PSJ, Neymar, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.