Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan "Betis" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi?


"Real" bosh murabbiyi Zineddin Zidan Ispaniya La ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan "Betis"ga qarshi o‘yin (5:3) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"G‘alaba qozonganimizdan juda ham xursandman. Raqibimiz kuchli jamoa edi va bu yerda o‘ynash og‘ir. O‘yinni juda yaxshi boshladik, lekin keyin o‘z o‘yinimizni yo‘qotdik. Bunday paytda o‘zimizni yaxshi his qilmaymiz.

Ikkinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynadik, ko‘p hujum qildik. Futbolchilarimizning mahorati har qanday raqibga muammo yaratadi. Ikkinchi bo‘lim qiziqarli kechdi. Asensio va Vaskesning o‘yiniga munosib baho berish kerak.

Irodali g‘alaba shuni anglatadiki, bizda xarakter bor va o‘yinni o‘zgartira olish qobiliyatiga egamiz. Barchasini birgalikda qilsak, natija bo‘ladi, raqibga qiyin bo‘ladi. Ikkinchi bo‘limda shunday bo‘ldi. Endi chorshanba kuni bo‘ladigan navbatdagi o‘yin ("Leganes" bilan o'yin) oldidan biroz dam olamiz. Keyin harakatlanishda davom etamiz.

Bugungi o‘yin dahshatli bo‘ldi, hisobda quvlashmachoq o‘ynadik. Bu esa menga yoqdi. Biz haqiqatan ham o‘ynadik. "Betis" ajoyib futbol namoyish qildi, so‘nggi yarim soatda ustunlikka erishdi. Hakamning final hushtagi yangraganidan keyin o‘yindan qoniqish hosil qildim.

Vaskes va Asensio o‘ynagan paytda, ular ko‘proq qora ishlarni bajarishadi. Ular buni juda yaxshi eplashyapti. Raqib bizga muammo yaratishi mumkinligini ular yaxshi bilishadi. Ular bugun juda muhim ishni amalga oshirishdi",
– dedi Zidan.

Manba: www.stadion.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: La Liga, Real Betis, Real Madrid, Zinedin Zidan
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (2)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.