Xames Rodriges "Real"ni nega tark etgani malum bo'ldi
- » Yangiliklar
- 20-02-2018, 07:36
- 840
"Bavariya" yarimhimoyachisi Xames Rodrigesning otasi Uilson o'g'lining Madridni tark etish haqidagi qarori to'g'ri bo'lganini aytdi.
Malumki, kolumbiyalik yarimhimoyachi "Real" tarkibida 2014-2017 yillarda to'p surgan va klublar futbolidagi deyarli barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan edi. Ammo, Zidan bosh murabbiy bo'lgan, asosiy tarkibdagi o'rnidan ayrilib, "Bavariya"ga ijaraga berib yuborildi.
"O'g'lim Madridni tark etib, "Bavariya"ga qo'shildi. Bu juda to'g'ri qaror bo'ldi. U Germaniyada baxtiyor.
Karlo Anchelotti ketgach, Xames "Real" o'yinidan zavq olmay qo'ydi. Zidan o'g'limning kumirlaridan biri edi. Biroq Xames uning o'yin uslubiga mos kelmadi.
Biroq, o'g'lim hech qachon Zidan haqida yomon gapirmagan va uni tanqid qilmagan", - dedi katta Rodriges.
Bundesliganing joriy mavsumida Xames 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan.
Manba: www.tribuna.uz

Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Xames Rodriges, Bavariya
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish