Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Didier Desham Fransiya terma jamoasining yakuniy tarkibini e'lon qildi


Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didier Desham Lyuksemburg va Ispaniyaga qarshi uchrashuvlar oldidan terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Unga ko'ra "Real Madrid" futbolchilari Karim Benzema va Rafael Varan terma jamoadan chaqiruv olishmadi. Bosh murabbiy Benzema o'rniga "Monako"ning 18 yoshli hujumchisi Kilian Mbappeni tanlagan bo'lsa, Rafael Varan so'nggi o'yinlarda ishtirok etmagani boiz murabbiy qaroriga ko'ra terma jamoadan chetda qoldi.

Didier Desham Fransiya terma jamoasining yakuniy tarkibini e'lon qildi

Darvozabonlar: Ugo Lloris ("Tottenxem"), A. Areola ("PSJ"), B. Kostil ("Renn")

Himoyachilar: Kimpembe, L. Kurzava (ikkalasi - "PSJ), B. Mendy, D. Sidibe (ikkalasi - "Monako"), Sanya ("Man Siti"), S. Umtiti ("Barselona"), A. Rami ("Sevilya").

Yarimhimoyachilar: N. Kante ("Chelsi"), Pol Pogba ("MYU), T. Lemar ("Monako"), Tolisso ("Lion"), B. Matyuidi, A. Rabio (ikkalasi - "PSJ"), F. Tovun, D. Payet (ikkalasi - "Marsel").

Hujumchilar: A. Grizmann, K. Gameyro (ikkalasi - "Atletiko"), K. Mbappe ("Monako"), U. Dembele ("Borussiya" D), O. Jiru ("Arsenal").

Ma'lumot uchun, Fransiya terma jamoasi 25-mart kuni Lyuksemburg va 28-mart kuni Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushadi.

Mabna: merengues.ru


Muallif: El Capitano |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Dani Karvaxal | "Barselona"ga qarshi bahsda ajoyib uchrashuv o'tkazdi va (7.7 ball) bilan jamoa safidagi eng yaxshi futbolchi deb topdik.