Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Modrich "Real" mashg'ulotida ishtirok etmadi


"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich jamoaning bugungi mashg'ulotida ishtirok etmadi va "Leganes"ga qarshi Ispaniya chempionati uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.

Malumotlarga ko'ra, Modrich tibbiy ko'rikdan o'tayotgani tufayli mashg'ulotda qatnasha olmagan. Xorvatdan tashqari umumiy guruhda Toni Kroos, Xesus Valexo va Marselo yo'q edi.

PSJga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvidan so'ng Modrichga bir kunlik tatil berildi va futbolchi "Betis"ga qarshi LaLiganing 24-tur bahsida maydonga tushmadi.

"Real" va "Leganes" 21 fevral kuni LaLiganing ko'chirilgan 16-tur uchrashuvini o'tkazishadi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: axmad2816 |
Teg: Real Madrid, Real Madrid, Luka Modrich, Leganes
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.