Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Beyl Primerada rekordchiga aylandi


"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl Ispaniya chempionatining 27-turida "Xetafe"ga qarshi o'yinda boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi.

Bu uelslik ushbu futbolchi uchun La Ligadagi 117-o'yin bo'ldi. Endi u Devid Bekxemni ortda qoldirdi va Ispaniya chempionatida eng ko'p o'yin o'tkazgan britaniyalikka aylandi. Bu boradagi uchlikni Gari Lineker yakunlab beradi (103 o'yin).

Garet bu rekordni allaqachon yangilashi mumkin edi, ammo u jarohatlar tufayli La Liganing 40 o'yinida maydonga tusha olmadi. 2017/18 yilgi mavsumning o'zida Beyl belidagi jarohat tufayli 9 o'yinni o'tkazib yubordi.

Garet rekord o'yinini 24-daqiqadagi gol bilan nishonladi. Qolaversa Beyl joriy mavsumda 17 o'yinda maydonga tushib 8 ta gol urgan.

Beyl Primerada rekordchiga aylandi

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Garet Beyl
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.