Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

MYU Ronaldu uchun ikki nafar futbolchisini berishi mumkin


"Manchester Yunayted" klubi "Real Madrid" hujumchisi Krishtianu Ronalduni qo'lga kiritish uchun, ikki nafar yetakchisidan voz kechishga tayyor.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, yozda "qizil iblislar" portugaliyalik to'purar uchun 150 million evro taklif qilmoqchi. Bunda "Yunayted" bitimga 100 million evroga baholanayotgan David De Xea yoki 75 million evroga baholanayotgan Pol Pogbani qo'shib berishi ham mumkin.

Avvalroq, Krishtianu Ronaldu maoshini oshirish haqidagi taklifi javobsiz qolayotgani tufayli, "Real"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Manchester Yunayted, David De Xea, Pol Pogba, Real Madrid, Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.