Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Florentino Peres Keylor Navasga murojaat qildi


Ispaniya matbuotida "Real" darvozaboni Keylor Navasning mavsum oxirida klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Klub prezidenti Florentino Peres Chempionlar Ligasidan o'rin olgan "Bavariya"ga qarshi o'yinlardan oldin, posbonni xotirjam qilish maqsadida, unga murojaat qildi.

"Keylor, siz madridliklarning mehrini qozondingiz. Bunga iqtidoringiz, professionalligingiz va xulq-atvoringiz bilan erishdingiz. Siz "Real"ning qadriyatlarini tushunib etdingiz.

Asosiy darvozabonimiz ekaningizdan faxrlanamiz. Ishonchim komil, biz bilan yana bir necha yillar birga bo'lasiz",
- deb Peres so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "AS" nashri.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Florentino Peres, Keylor Navas
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (7)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.