Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Liverpul" Saloh borasida "Real"ga javob berdi


"Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Saloh yozgi transfer oynasida klubni tark etmaydi.

Malumotlarga ko'ra, futbolchiga o'tgan yilning dekabridan beri "Real" qiziqish bildirmoqda. O'sha paytda Saloh 100 mln. funtga baholangan edi, biroq hozir bu narx ikki baravarga oshdi - 200 mln. funt.

"Qirollik klubi" transfer borasida "Liverpul" bilan bog'landi, ammo qizillar xatto 200 mln. funtga ham misrlikni sotmasligini malum qilishdi. Saloh yaqin bir necha yil uchun jamoa bosh murabbiy Yurgen Klopp rejalarida asosiy figuralardan biri.

Futbolchining shartnomasida tovon puli belgilanmagan, bu narsa "Real"ga qiyinchilik tug'dirmoqda. Amaldagi bitim shartlariga ko'ra, u haftasiga 90 ming funt ishlab topadi va klub rahbariyati yaqin vaqt ichida misrlikka yangi shartnoma taklif qiladi.

Joriy mavsum 25 yoshli yarim himoyachi APLning 33ta uchrashuvida 31ta gol urdi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Liverpul, Muhammad Saloh, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.