Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" "Manchester Siti"ning ikki futbolchisi uchun 280 mln. evro sarflamoqchi


"Real" yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish uchun nomzodlar izlashda davom etmoqda.

Malumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar"ning ro'yxatida "Manchester Siti"ning bazi futbolchilar kiradi, ular orasida yarim himoyachilar Leroy Sane va Kevin De Bryuyne bor. Madridliklar bu futbolchilar uchun umumiy olib hisoblaganda 280 mln. evro (200 mln. evro+80 mln. evro) to'lashga tayyor. "Real" Raxim Sterling va Jon Stounsni ham kuzatyapti, biroq "Qirollik klubi" ularni yozda sotib olish ehtimoli past. "Siti" o'z etakchilari bilan xayrlashish niyatida emas va Madrid klubiga rad javobi bermoqchi.

Joriy mavsum 26 yoshli De Bryuyne APLning 34ta uchrashuvida 8ta gol urdi va 15ta golli pas berdi, Leroy Sane esa 28ta o'yinda 9ta golga mualliflik qildi va 12ta golda assistent vazifasini bajardi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Kevin de Bryuyne, Leroy Sane, Manchester Siti
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.