Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Xaynkes: “Hakamlardan emas, o'zimizdan o'pkalashimiz lozim”


“Bavariya” bosh murabbiyi Yupp Xaynkes ECHL yarim final javob o'yinida “Real”ga (2:2) qarshi kechgan bahsdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Har ikkala o'yinda ham biz “Real”dan yaxshiroq o'ynadik. Biz birinchi bo'limda jahon darajasida o'yin ko'rsata oldik, ammo katta va qo'pol xato barchasini o'zgartirib yubordi. Birinchi navbatda orqaga bunaqa to'p uzatilishi kerak emasdi.

“Real” safida Navas eng yaxshi bo'ldi. Levandovski bilan bog'liq vaziyat? Menimcha bu haqda qandaydir salbiy gap gapirilsa, jurnalistlar unga qo'shilib muammoni kattalashtirishadi. Men vaziyatni boshqacha ko'rayapman.

Penalti? Albatta, vaziyatni takroran ko'rgach fol bo'lganligini ko'rdim. Ammo buni muhokama qilmoqchi emasman. Biz o'zimiz vaziyatlarni golga aylantira olmay, “Real”ga shunchalik ko'p “sovg'a” taqdim etdikki, hakamlarning xatosidan nolimasak ham bo'ladi”,
- dedi Xaynkes.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Yupp Xaynkes, ECHL, Real Madrid, Bavariya
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.