Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"El-Klassiko" bo'yicha "Real"ga oid qiziq malumot paydo bo'ldi


6 may kuni LaLiganing 36-tur uchrashuvlari doirasida "Barselona" hamda "Real" o'rtasida "El-klassiko" bo'lib o'tadi.

Abc.es sayti bergan malumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan o'z shtabi bilan ushbu bahsda jamoaning etakchi futbolchilarini maydonga tushirish to'g'riligi haqida maslahatlashdi.

Fransiyalik mutaxassis Serxio Ramoc, Luka Modrich, Keylor Navas, Krishtianu Ronaldu va Marselo kabi muhim futbolchilar jarohat olishidan havotirlanmoqda. Zidanning fikricha, "Liverpul"ga qarshi CHempionlar ligasi finali joriy mavsumdagi so'nggi muhim o'yin. U "El-Klassiko" bilan bahsda bir qator etakchi o'yinchilarga dam bermoqchi.

"Barselona" - "Real" uchrashuvi 6 may kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. "Real" - "Liverpul" CHempionlar ligasi finali esa 26 may kuni Kievda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: El Klassiko, Barselona, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.