Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"El Klasiko"gacha. 2002 yildan beri bo'lmagan voqea bugun bo'lishi mumkinmi?


"El Klasiko"ga doir qiziqarli malumotlarni taqdim qilishda davom etamiz.

- "Barselona" bu mavsumdagi eng sermahsul jamoa - 87 gol.

- "Barselona" LaLigada so'nggi 41 uchrashuvda mag'lub bo'lmadi.

- "Barselona" so'nggi 7 turda ikkitadan ko'proq gol kiritdi.

- "Barselona" mavsumda 21 gol o'tkazib yubordi.
- "Barselona" mavsumda o'z maydonida 8 gol o'tkazib yubordi.

- Leo Messi ayni damda chempionatning to'purari - 32 gol.

- "Barsa" va "Real" 2002 yildan keyin biror marta ham 0:0 hisobini qayd etmagan.

- So'nggi 8 "Klasiko"ning 5tasida mehmon jamoaning qo'li baland kelgan.

- "Real" so'nggi 6 safar uchrashuvlarida 15 gol kiritgan.

- "Barselona"ning Lionel Messi, Luis Suares va Usmon Dembelesi bor hujumkor uchligi "Real"dagi raqiblari Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Karim Benzemadan ko'ra 6 gol ko'proq kiritgan.

"Ko'k-anorranglilar" futbolchilari barcha turnirlarda umumiy 74 gol kiritgan bo'lsa, Madrid superklubi azolari 68 bora raqib darvozasini ishg'ol etdi.

- "Real" bu mavsum safarda 16 uchrashuv o'tkazdi va 10tasida g'alabaga erishdi. 34 gol urib, 17 gol o'tkazib yubordi.

- "Real" bu mavsum safardagi 4 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: El Klasiko, Barselona, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.