Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

La Liga. "Real Madrid" - "Selta" 6:0


Ispaniya chempionati 37-turining navbatdagi o'yini Madridagi "Santyago Bernabeu" stadonida o'tkazildi.

O'z maydonida "Selta"ni qabul qilgan "Real Madrid" 6:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritdi.

Uchrashuvda Beyl o'z hisobiga 2ta gol yozib qo'ygan bo'lsa, Isko, Hakimi hamda Kroos 1tadan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Yana birni Gomes o'z darvozasiga kiritib qo'ydi.

37-turdan so'ng "Real" 75 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda. "Selta Vigo" 46 ochko bilan 13-pog'onani band qilib turibdi.

"Real Madrid" – "Selta Vigo" 6:0

Gollar:
1:0 – 13 Beyl, 2:0 – 30 Beyl, 3:0 – 32 Isko, 4:0 – 52 Hakimi, 5:0 – 74, avtogol Gomes, 6:0 – 81 Kroos.

"Real Madrid": Navas, Nacho, Marselo, Hakimi, Varan, Isko (Asensio, 64), Kazemiro, Modrich, Kroos, Beyl (Vaskes, 72), Benzema (Mayoral, 64).

"Selta Vigo": Alvares, Ronkalya, Kastro, Malo, Gomes, Vass, Lobotka, Xosabed (Radoya, 71), Brais Mendes (Aspas, 81), Boye (Ernandes, 46), Maksi Gomes.

Ogohlantirishlar: Malo (84).

La Liga. "Real Madrid" - "Selta" 6:0

Manba: hala-madrid.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Selta Vigo, La Liga
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (2)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Espanyol"ga qarshi bahsda jamoaning gollaridan biriga asistintlik qildi va yakunda uchrashuvning eng yaxshisi deb topildi.