Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Krishtianu Ronaldu oltinchi mavsum ketma-ket EChLning eng yaxshi to'purari bo'ldi


ECHLni 13-marta qo'lga kiritgan Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy mavsumdagi Chempionlar ligasining eng yaxshi to'purari bo'ldi.

Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda Evropaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli turnirida 15 ta gol urdi. Qayd etish joizki, Ronaldu ECHLning oltinchi mavsumidirki, ketma-ket eng ko'p gol urgan o'yinchi bo'lib turibdi.

Butun karerasi davomida u ECHLda 7 marta to'purarlar bahsida g'olib chiqqan (bunda u to'purarlikni boshqa futbolchi bilan bo'lishgan hollar ham inobatga olingan). Undan boshqa biror futbolchi turli 7 mavsumda Chempionlar ligasi turnirining eng yaxshi to'purari bo'la olmagan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Krishtianu Ronaldu, CHempionlar Ligasi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.